Yer yuzidagi eng katta aysberg yo‘qolmoqda

Bu qiziq

image

Dunyodagi eng qadimgi aysberglardan biri A23a erib yo‘qolmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

A23a nomi bilan tanilgan aysberg bir vaqtlar Yer yuzidagi eng katta aysberg bo‘lgan. U Londondan ikki baravar katta maydonni egallagan. Ammo, A23a o‘tgan yil davomida erib, yorilib, parchalanib ketgan.

Endi u Antarktidaning muzli dengizlaridan uzoqlashib ketgan va iliq suvlar uni yeritmoqda. Bir necha haftadan keyin yesa erib ketishi kutilmoqda.

Olimlar Antarktidaning boshqa qismlari iqlim o‘zgarishi bilan qanday munosabatda bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olish uchun uning qanday parchalanib ketganini o‘rganib chiqishgan. 

"Bu ajoyib sayohat bo‘ldi. Ammo u hozir so‘nggi bosqichida", deydi Kembrijdagi Britaniya Antarktika Tadqiqoti professori Mayk Meredit. 

Ma’lumot uchun A23a aysbergi 1986 yilda Antarktida qit’asidan Ueddell dengiziga ajralib chiqqan. O‘sha paytda uning hajmi taxminan 4000 kv.km maydonga ega bo‘lgan. 

Ueddell dengizida 30 yildan ortiq vaqt davomida qotib qolgan A23a 2020 yildagina yana harakatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Antarktida A23a eng katta aysberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing