Antarktidada noyob hodisa ro‘y berdi
Bu qiziq
−
17:38 4305 1 daqiqa
Antarktida osmonida halqasimon to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17 fevral kuni Janubiy yarim sharda noyob halqasimon to‘liq quyosh tutilishi holati kuzatilgan. To‘liq tutilish bosqichi ikki daqiqadan sal ko‘proq davom etgan va hodisaning umumiy davomiyligi taxminan to‘rt yarim soatni tashkil etgan. Ushbu noyob astronomik hodisani Arktika va Antarktika tadqiqot instituti olimlari rasmga olgan.
“To‘liq quyosh tutilishi Oy Yerga nisbatan yetarlicha uzoqda bo‘lsa va Quyoshni to‘liq yopolmasa, uzuk shaklida ko‘rinadi. Bunday holatda Quyoshning yorqin uzuk shaklida qirrasi ko‘rinadi. Bu juda hayratlanarli ko‘rinadi. Ammo shunday tutilishda Quyosh tojini yoki uning atrofidagi yulduzlarni ko‘rishning iloji yo‘q. Astronomlari oldinroq aytganidek, tutilishni faqat o‘sha yerdan ko‘rish mumkin edi. Antarktidadagi “Mirniy” stansiyasida uni faqat bir nechta odam kuzata olgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erondagi Hormuz bo‘g‘ozidagi orol sohili va dengiz suvi yomg‘ir yog‘ishi ortidan qizil tusga kirgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi