Ispaniyalik skeytbordchi quyosh tutilishi vaqtida noodatiy tryuk bajardi (video)
Sport
−
16:14 375 1 daqiqa
Ispaniyalik olimpiada skeytbordchisi va bloger Denni Leon kecha, 12 avgust kuni to‘liq quyosh tutilishi vaqtida noodatiy tryuk bajardi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Leon tarmoqlarga joylagan videoda sportchining siluyeti Oy Quyoshni to‘liq to‘sib turgan paytda, atrofida olovli toj hosil bo‘lgan qorong‘i disk fonida sakrash vaqtida qotib qolgani aks etgan. Ushbu video allaqachon qariyb 50 million marta tomosha qilingan.
RTVE Ispaniya Milliy Geografiya Instituti ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Pireney yarim orolida to‘liq quyosh tutilishi oxirgi marta 1912 yilda kuzatilgan.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Denni Leon Madrid yaqinidagi Mostoles shahrida tug‘ilgan professional skeytbordchi. U ikki marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan: Tokio-2020 da erkaklar o‘rtasidagi park dasturida 9-o‘rinni, Parij-2024 da esa 20-o‘rinni egallagan.
Live
Barchasi