Diqqat! Avgust oyida osmonda noyob hodisa sodir bo‘ladi
Bu qiziq
−
16:21 729 2 daqiqa
Joriy yilning 12 avgust kuni Quyosh tutilishi, Perseid meteor oqimining eng faol pallasi, Veneraning noyob holati va Somon yo‘lining eng yaxshi ko‘rinishi bir vaqtga to‘g‘ri kelib, osmon kuzatuvchilari uchun so‘nggi yillardagi eng noyob astronomik hodisalardan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda “Space” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunduzi Oy Quyoshning bir qismini to‘sib qo‘yadi. Avvalroq xabar berilganidek, to‘liq quyosh tutilishi Grenlandiyaning sharqiy qismi, Islandiyaning g‘arbiy hududlari va Ispaniya shimolida kuzatiladi. Shu bilan birga, Shimoliy Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrikada yashovchi qariyb 779 million kishi kamida 10 foizli qisman quyosh tutilishini ko‘ra oladi.
Shimoliy Amerikada eng katta qisman tutilish Kanadaning Nunavut hududida kuzatiladi. Bu yerda Quyosh diskining 93 foizigacha qismi Oy bilan yopiladi. AQSHda esa eng yaxshi manzara Alyaska va mamlakatning shimoli-sharqiy qismida kuzatiladi.
Quyosh botgach, Venera “dixotomiya” deb ataluvchi holatga yetadi. Bu paytda sayyora teleskop yoki kuchli durbin orqali yarim oy shaklida ko‘rinadi. Qorong‘u tushgach esa yilning eng mashhur meteor oqimlaridan biri – Perseidlar yomg‘iri eng yuqori faollik bosqichiga kiradi. Bu yil Yangi oy tufayli osmon oy nuri bilan yoritilmaydi va qulay sharoitda soatiga 50–75 tagacha “uchar yulduz”ni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Mutaxassislar meteorlarni kuzatish uchun eng yaxshi vaqt mahalliy vaqt bilan tungi soat 00:00 dan 02:00 gacha bo‘lishini bildirmoqda. Qishloq hududlarida, yorug‘lik va havodagi ifloslanish kam bo‘lgan joylarda esa Somon yo‘lini ham yildagi eng yaxshi ko‘rinishlaridan birida tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Live
Barchasi