XXI asrda yetti martagina kuzatiladigan noyob hodisa sodir bo‘lishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
19 aprel 2023
21481Ertaga, 20 aprel kuni tongda XXI asrda bor yo‘g‘i yetti marta sodir bo‘ladigan gibrid Quyosh tutilishi hodisasi kuzatiladi. Bu haqda “Space.com” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 06:36 dan boshlab Oy Quyoshni to‘sib qo‘ya boshlaydi. Ushbu turdagi tutilishda Oyning soyasi Yer yuzasi bo‘ylab harakatlanayotganda to‘liq Quyosh tutilishidan halqasimon tutilishga o‘tadi. Bundan avvalgi gibrid tutilish 2013 yilda sodir bo‘lgan bo‘lsa, keyingisi 2031 yilda kuzatiladi.
Hodisani Tinch okeanining janubiy hududlaridan turib kuzatish mumkin. Bu vaqtda Oyning soyasi Toshkent vaqti bilan 06:36 dan boshlab Avstraliyaning g‘arbi, Sharqiy Timor va Indoneziya hududlaridan o‘ta boshlaydi va bu 11:59 ga qadar davom etadi.
Ushbu noyob hodisani NASA'ning YouTube kanalida jonli efirda tomosha qilish imkoniyati ham yaratilgan.
LiveBarchasi