25 oktyabrda Quyosh tutiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to‘sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, O‘zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.

Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G‘arbiy Sibir va O‘rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68 foizigacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo‘ladi.

O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishi mumkin.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to‘g‘ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68 foizini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21 darajani tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to‘g‘ri keladi.

Qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to‘silishi bilan izohlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh tutilishi

Baholaganlar

718

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing