Dunyodagi eng katta aysberg bo‘laklarga bo‘linib ketdi (video)
Bu qiziq
−
20 aprel 2021
13139Dunyodagi eng katta A68 aysbergi maydalanib, erib ketdi. Bu haqda "Sky News" xabar bergan.
A68 nomi bilan mashhur 5800 kvadrat kilometrlik aysberg 2017 yil iyul oyida Antarktida yarim orolining Larsen muzligidan ajralib chiqqan.
O‘shanda uning og‘irligi taxminan bir trillion tonnani tashkil qilgan. Biroq so‘nggi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga ko‘ra, ulkan aysberg deyarli erib, mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan.
AQSH Milliy muz markazi tadqiqotchilari endi aysbergni kuzatib bo‘lmaslikni ta’kidlagan. A68 aysbergi Atlantika okeani bo‘ylab harakatlangan. Vaqt o‘tishi bilan iliq suv va yuqori havo harorati sababli uning hajmi ancha kichrayib, tobora ko‘proq kichik bo‘laklarga bo‘lingan.