Antarktidadan ulkan shaharga teng aysberg ajralib chiqdi

Olam

Antarktidadan 1270 kilometr kvadrat maydonidagi gigant aysberg ajralib chiqdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Antarktika xizmati xabar berdi.

Rus OAV bu aysberg kattaligi bo‘yicha Rossiyaning eng yirik shaharlaridan biri Sankt-Peterburg maydoniga (1439 km kv) yaqin ekaniga e’tibor qaratdi.

Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylashgan Brunt muz shelfidan ajralib chiqqan. O‘n yildan ortiqroq vaqt oldin 150 metr qalinlikdagi muzlikda katta yoriqlar paydo bo‘la boshlagan. Yanvar oyida eng katta yoriqlardan biri tezlik bilan o‘sishni boshladi, uning uzunligi bir kunda bir kilometrga o‘sdi. 26 fevral kuni bir necha soat ichida bu yoriq bir necha yuz metrga kengayib ketdi, natijada aysberg paydo bo‘ldi.

Xizmatga ko‘ra, bu stansiya uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki 2016 yilda aysberg ajraladigan bo‘lsa, o‘zi bilan stansiyani ham olib ketmasligi uchun u mintaqaning ichkari qismiga ko‘chirilgan. 12 nafar xodim antarktika qishi kelgani sababli feral oyida stansiyani tark etgan.

“Buyuk Britaniyaning Aktarktika xizmati guruhlari bir necha yildan buyon muz shelfidan aysberg ajralishiga tayyorlangan edik. Biz yuqori aniqlikdagi GPS-qurilmalar yordamida har kuni muzlikni kuzatardik”, degan xizmat rahbari Jeyn Frensis.

2019 yil oktyabrda Antarktidadan 314 milliard tonna og‘irlikdagi aysberg ajralib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

aysberg

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing