Antaliyadagi o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Qurbon ham bor

Olam

image

Avvalroq, Turkiyaning Antaliya provinsiyasidagi Manavgat tumanida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani, yong‘in oqibatida o‘nlab gektar o‘rmonlar yonib ketgani va beshta turar-joy aholisini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergandik.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Manavg‘at kurort shahri yaqinidagi o‘rmon yong‘inida kamida bir kishi halok bo‘lgan, yong‘in natijasida kamida 62 kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli xabar bergan.  

Qayd etilishicha, yong‘in qurboni Turkiyaning 82 yoshli fuqarosi bo‘lgan. 

“Manavg‘atdagi yong‘in nazorat ostida, ammo Akseki hududida hali ham yong‘in bor, u yerda bir kishi halok bo‘ldi. Yong‘in tufayli yana 10 kishi Oymapinar to‘g‘onida qolib ketdi”, degan Pakdemirli u odamlarning hayotiga hech narsa tahdid solmasligini ta’kidlab. 

Vazir, shuningdek, Antaliyadagi 18 ta qishloq va tuman evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan. 

Avvalroq, Turkiya shimoli-sharqidagi Riza va Artvin provinsiyalarida toshqin sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Antaliya

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing