Antaliyada tornado yuz berdi (foto, video)

Olam

image

Kecha, 5 martda kunning ikkinchi yarmida Turkiyaning Antaliya shahrida kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq va tornado kuzatildi. Bu haqda “Sondakika” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar transportida uzilishlar yuz bergan, uylar va korxonalar suv ostida qolib, yerosti o‘tish joylarida ko‘lmaklar paydo bo‘lgan.

Aksu, Serik, Manavgat, Ibradi, Akseki, Gundog‘mush va Alanya tumanlarida yana kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. To‘fon, suv toshqini, chaqmoq, do‘l va tornadolar haqida ogohlantirishlar berildi.

Alanya yaqinidagi dengiz hududida tornado paydo bo‘lgan. Kash tumanining Chayko‘y hududida yashin urishi oqibatida o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgan. 

Kalkan hududidagi tornado tufayli zaytun daraxtlari, do‘konlar, uylar va korxonalar zarar ko‘rgan. Tornadolar Demre va Kumluja hududlarida ham sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Antaliya tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made