Antaliyada kanat kabinasi qulashi ortidan 5 kishi hibsga olindi
Olam
−
15 aprel
3356Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch Antaliya shahrida kanat kabinasi qulashi bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida besh kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda u X'dagi sahifasida yozdi.
“Mutaxassislarning dastlabki xulosasini baholagandan so‘ng, 14 nafar qo‘lga olinganlardan besh nafari hibsga olindi, sakkiz nafariga nisbatan sud nazorati o‘rnatildi, yana biri qo‘yib yuborildi”, deya qayd etgan Tunch.
IHA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar orasida Antaliyaning Kepez tumani rahbari Mesut Kojag‘oz ham bor. Aniqlik kiritilishicha, u avvalroq kanatni boshqargan ANET kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu kanat 2017 yilda ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 aprel kuni Antaliyada kanat kabinasi qulab tushgandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Umumiy 17 kishi jarohat oldi. Ular orasida Qirg‘iziston fuqarosi ham bor.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya esa odamlarni kanatdan qutqarish bo‘yicha operatsiyada jami 543 nafar qutqaruvchi ishtirok etayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi