Anqaradagi teraktni amalga oshirgan xudkushning shaxsi aniqlandi

Olam

image

Turkiya Ichki ishlar vazirligi Anqaradagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonida terakt uyushtirgan xudkush-terrorchining shaxsini aniqladi, u respublikada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) a’zosi bo‘lib chiqdi. 

“DNK tekshiruvi natijasida ikkinchi terrorchi KIP bo‘lginchi tashkiloti a’zosi O‘zkan Shahin ekanligi aniqlandi”, deyiladi IIV bayonotida. 

Shuningdek, avvalroq terror hujumining yana bir tashkilotchisi KIP a’zosi Hasan O‘g‘uz ekanligi aniqlangan edi. 

Ichki ishlar vazirligi tergov va terrorizmga qarshi kurash davom etishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. 

Shundan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatning tinchlik va xavfsizligini buzishga urinayotgan terroristlar hech qachon maqsadlariga erisha olmasligini aytib chiqdi. Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchi tashkiloti mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Terakt ortidan mamlakatdan  “Qahramonlar” operatsiyasi boshlandi. Turkiya xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli operatsiya doirasida 900 dan ortiq kishini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made