Aniq bo‘lgan kontraktlar, terma jamoadan tarixiy mag‘lubiyat, o‘zgartirilgan Konstitutsiya va boshqa xabarlar

Jamiyat

Yakuniga yetayotgan 5 sentyabr sanasining eng muhim xabarlari bilan quyida tanishing.

“O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi yana pasaytirildi

Joriy yilning fevral oyida poytaxt Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Uning boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan edi. Ammo xaridor chiqmagach, mehmonxonaning narxi 10 foizga tushirilib, 29,7 mln dollar etib belgilangandi.

Endilikda mazkur summa yana 3,3 mln dollarga tushirilib, 26,4 mln dollar etib belgilandi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunni imzoladi. Qonun bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Mirziyoyev Rossiyaga tashrifni rejalashtiryapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrif amalga oshirishni rejalashtiryapti. O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov davlat rahbarining tashrifiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi.

Zelenskiy Klichko bilan xayrlashyapti

Ukraina poytaxti Kiyev meri Vitaliy Klichko lavozimidan ozod qilindi. Ukraina Hukumati Klichkoning Kiyev shahri davlat ma’muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatilishiga rozilik berdi.

Avval Vladimir Zelenskiyga sobiq bokschini lavozimidan olish uchun Hukumat halal berayotgandi. Zelenskiy tarafdorlaridan tuzilgan yangi Hukumat Kiyev meri masalasida Prezidentni qo‘llab-quvvatladi. 

Poytaxtdagi eng baland bino qachon bitishi ma’lum bo‘ldi

Kecha, 4 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda uchta ulug‘vor ob’ektning poydevoriga birinchi tamal toshi qo‘yildi. 24 qavatli 5 yulduzli mehmonxonadan va 18 qavatli ikkita ko‘p qavatli uydan iborat zamonaviy “GRAND RUDAKI TOWER”majmuasi “Sebiston -2018” tomonidan markaziy Rudaki prospektida barpo etiladi.

Xitoy Rossiyaning “katta akasi”ga aylandimi?

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy RFning “katta akasi” ekani haqidagi fikrlarni rad qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva boshqa davlatlar bilan aloqalarini o‘zaro manfaat asosida quradi. Rasmiy Pekin bilan ham ayni tamoyillar bo‘yicha aloqalar o‘rnatilgan va bugungi kunda bu hamkorlik mutlaq strategik darajaga ko‘tarilgan.

Qashqadaryolik 14 yoshli vunderkind grantga kirdi

Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli  Jasurbek G‘ulomov talaba bo‘lish istagida Qarshi davlat universiteti qabul hay’atiga hujjat topshirgan edi.

Qarshi davlat universiteti matbuot kotibi Oybek Yusupovning xabar berishicha, u barcha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, davlat granti asosida Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabasiga aylandi.

Erdo‘g‘an yadro quroli haqida gapirdi

Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an ba’zi davlatlar yadroviy qurolga ega bo‘lgan vaziyatni, Turkiya esa ularni rivojlantira olmaydigan vaziyatni qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozirda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash ustida ishlamoqda, xususan, AQSHning bosimiga qaramay, Rossiya Federatsiyasidan S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgan.

Samarqandlik “tadbirkor” Umar Rajabov 11 yilga, o‘g‘li 8,5 yilga qamaldi

Samarqandlik taniqli "tadbirkor", “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari, xalq orasida Umar nomini olgan Olim Rajabov sud hukmiga ko‘ra 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud majlisi bugun, 4 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida bo‘lib o‘tdi.

Harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartib joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun bilan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun - o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun - to‘qqiz oy); chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun - to‘qqiz oy).

2019-2020 o‘quv yili uchun kontraktlar narxi ma’lum bo‘ldi

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Nimalar qilding Kuper? O‘zbekiston Falastinga yengildi

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ramalloh shahrida joylashgan “Faysal al-Husayniy” stadioni Falastin terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik.

Osiyo saralash siklining "D" guruhidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston 0:2 hisobida imkoniyatni boy burdi. O‘yinda hisob dastlab 60-daqiqada ochildi. Golga Oday Ibrohim mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing