Angrenda poyezd nosozlik sabab to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2019 3994 1 daqiqa
Bugun, 13 sentyabr kuni soat 09:25daToshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJning ma’lum qilishicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklangan. Ayni paytda elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" ma’muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.
Live
Barchasi