Angrenda 344 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi

3-sahifa

image

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv xodimlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarni aniqlash ishlari jarayonida bir haydovchiga tegishli Spark rusumli avtomashina topildi. Bu haqda MIB Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu transport vositasi bilan 344 marta yo‘l harakati qoidalari buzilgan va 175 mln so‘mdan ortiq jarima belgilangan.

Eng qizig‘i, ko‘plab qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ijro hujjatlari yurituvga olingan. Biroq avtomashina uzoq vaqt davomida topilmay kelgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida transport vositasi Angren shahri hududida aniqlangan.

Qayd etilishicha, jarimalar bo‘yicha endi undiruv ishlariga kirishiladi va avtomashinani auksionga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Matiz rusumli avtomashina bir yil ichida 912 marta qoida buzgani uchun uning haydovchisiga 331 mln so‘m jarima hisoblangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing