Toshkentda qoidabuzarlik bo‘yicha rekord o‘rnatgan “shovvoz” aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkentda Matiz bir yil ichida 912 marta qoida buzgan Matiz haydovchisiga 331 mln so‘m jarima hisoblandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Aniqlanishicha, qarzdor fuqaroga tegishli Matiz rusumli avtotransport vositasi bilan 2024 yil aprel oyidan bugungi kunga qadar yo‘l harakati qoidalari qo‘pol ravishda va muntazam buzib kelingan. Oqibatda jami 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilib, 311 million so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan. Qarzdorlik yig‘ilib borgan va avtomashina qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv va majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu Matiz rusumli avtomashina topilib, kecha, 15 may kuni jarima maydoniga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan haydovchilar soni 49 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing