“Angren shakar” va “Xorazm-shakar” korxonalari yopilishi yuzasidan izoh berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Angren shakar” MCHJ va “Xorazm-shakar” MCHJ korxonalari ish faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Xususan, “Angren shakar” zavodi faoliyati qayta tiklanmasligi mumkinligini ham aytib o‘tgandik.

Ushbu xabarga “Angren shakar” MCHJ Bosh direktori Rustam Akbarxo‘jayev va “Xorazm-shakar” MCHJ Bosh direktori Umidjon Komilov o‘z munosabatini bildirdi.

“O‘zbekistondagi mavjud ikkita shakar zavodi xomashyo tugaganligi munosabati bilan ishlab chiqarishni vaqtinchaga to‘xtatgan edi. Hozircha ushbu vaziyatdan foydalangan holda zavoddagi barcha uskunalarda profilaktik tozalash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda xomashyo muammosi ham bartaraf etilmoqda. Yaqin kunlarda ikkita zavodda ishlab chiqarish to‘liq quvvat bilan boshlab yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

shakar

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing