Angliyada yong‘in sabab futbol o‘yini qoldirildi
Sport
−
07 mart
5213Futbol bo‘yicha Angliya 2-divizionining 36-turi doirasidagi “Sautgempton” hamda “Preston Nort End” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin stadion yaqinidagi kuchli yong‘in oqibatida noma’lum kunga qoldirildi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 6 mart kuni tush vaqtidan keyin stadion yaqinidagi bir nechta binolar yongan va to‘rtta sanoat ob’ektiga zarar yetgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 18 ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.
Qayd etilishicha, xavfsizlik yuzasidan o‘yinni boshqa muddatga qoldirishga qaror qilingan.
“Biz muxlislarning hafsalasi pir bo‘lganidan afsusdamiz. Har ikki klub muxlislari o‘zlari va xodimlar, futbolchilar xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish zarurligini tushunadi”, deyiladi “Sautgempton” klubi matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, “Sautgempton”-“Preston” o‘yini 6 mart kuni o‘tkazilishi kerak edi.