Angliyada Arsen Vengerga haykal qo‘yiladi

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga haykal qo‘yiladi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati “kanonirlar” Angliya chempioni bo‘lgan mavsumining 20 yilligi munosabati bilan Londondagi “Emireyts” stadioni qarshisida jamoaning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga haykal o‘rnatish niyatida.

Gap shundaki, jamoa Venger boshchiligidagi tarkib bilan 2003/2004 yilgi butun mavsum davomida umumiy turnirlarning birortasida ham raqiblariga mag‘lub bo‘lmagan va Angliya chempioniga aylangan. Endi “Arsenal” bu xotirani abadiylashtirish maqsadida mag‘lubiyatsiz mavsum murabbiyiga atab yodgorlik barpo etadi.

Ushbu g‘alabaning 20 yilligi va haykalning ochilish marosimida Venger oilasi, do‘stlari va London klubining chempion futbolchilari qatnashadi.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” futbol klubining uy stadioni tashqarisiga allaqachon Dennis Bergkamp, Toni Adams, Terri Anri va Gerbert Chepmenning haykali o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Arsen Venger haykal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing