Angliya va Eronga pley-offga chiqish uchun qanday natija kerak?
Sport
−
26 noyabr 2022
8338Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida “A” va “B” guruhlarida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, pley-offga chiqish uchun hatto matematik imkoniyatlarini ham yo‘qotgan jamoa aniq bo‘ldi.
“A” guruhi
Qatar musobaqada pley-offga chiqish uchun barcha imkoniyatlarini boy bergan birinchi jamoaga aylandi. Jahon chempionati mezbonlari ikki uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalarda, nazariy imkoniyatlarni saqlab qolishayotgan edi. Biroq Niderlandiya va Senegal o‘yinidagi durang Osiyo termasini so‘nggi imkoniyatdan mahrum qildi. Lui van Gal shogirdlari 1/8 final yo‘llanmasini boy bermaslik uchun so‘nggi turda Qatarga yutqazmasliklari kifoya.
Ekvadorda ham xuddi shunday vazifa turibdi – janubiy amerikaliklarni Senegal bilan durang ham qoniqtiradi. Afrikaliklar Ekvadorni mag‘lub etishsa, pley-offga chiqishlari va mag‘lub bo‘lishsa, uylariga qaytishlari aniq. Agar Senegal raqib bilan ochkolarni bo‘lishib olsa, u holda ular nazariy imkoniyatlarni saqlab qolishadi, ammo buning uchun Qatar Niderlandiyani mag‘lub etishiga umid qilishlari kerak, lekin bunday holat yuz berishi juda qiyin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Niderlandiya va Ekvador mag‘lub bo‘lmasa kifoya, Senegal uchun esa faqat g‘alaba qozonish maqsadga muvofiqdir. Niderlandiya guruhdan chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega.
29 noyabr
20:00. Ekvador – Senegal;
20:00. Niderlandiya – Qatar.
“B” guruhi
Guruhdagi vaziyat shunday rivojlandiki, jamoalar o‘ziga xos ketma-ketlikda joylashdilar. Inglizlar peshqadam va pley-offga chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Sautgeyt jamoasiga 1/8 finalga chiqish uchun bor yo‘g‘i bir ochko kerak bo‘lyapti. Uelsni so‘nggi turda inglizlar bilan faqat g‘alaba qanoatlantiradi, boshqa har qanday natija uelsliklarni uyiga qaytaradi.
AQSH qiyin ahvolda qoldi. Ular so‘nggi turda Eronni mag‘lub etishlari kerak, yo‘qsa jamoa mundial bilan xayrlashaddi. Hatto durang natija amerikalik futbolchilarni pley-off yo‘llanmasidan mahrum qiladi. Angliya, Eron va Uels to‘rttadan ochko to‘plashi ham mumkin. Agar shunday holat ro‘y bersa, to‘plar nisbatini hisobga olish kerak.
29 noyabr
00:00. Eron – AQSH;
00:00. Uels – Angliya.
LiveBarchasi