Angliya liga kubogi: “Liverpul” “Arsenal”ni yengga olmadi

Sport

image

Bugun, 13 yanvar kuni Angliya liga kubogi 1/2 finalidan o‘rin olgan “Liverpul” hamda Londonning “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va durang natija bilan yakunlandi. 

Uchrashuvning 24-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Granit Jaka raqib hujumini to‘xtatishga urindi va “Liverpul” forvardi Diyego Jotaning qorniga tepib, yiqitdi. Bosh hakam Maykl Oliver esa futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Shundan so‘ng,  mersisaydliklar o‘yinning katta qismini hujumda o‘tkazdi, biroq o‘yin oxiriga qadar ketma-ket hujumlar uyushtirganiga qaramay, Aaron Remsdeyl darvozasiga gol ura olmadi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv Liverpul (Angliya) shahridagi “Enfild” stadionida o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, javob bahsi joriy yilning 20 yanvar kuni Londondagi “Emireyts” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Liverpul' Liga kubogi

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing