Andjonda 4 yigit 1 000 dollar uchun odam o‘ldirdi

Jamiyat

image

Andijonda bir guruh yigitlar 43 yoshli erkakni 1000 dollar qarz uchun urib, o‘ldirdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 23:00 da Buloqboshi tumani “Uchtepa” MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi 28 yoshli K.A. qo‘shnisi 43 yoshli R.S.dan 1 000 AQSH dollari miqdoridagi qarzini so‘rab kelgan. Shu vaqtida o‘zaro janjallashib, janjal davomida K.A. tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga yetmagan 17 yoshli O.A. bilan birgalikda R.S.ni o‘sha yerdagi yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganlar. 

Natijada R.S. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. 

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida R.S.ga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.A., A.A. va N.Q.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda tartibida ushlanganlar. Hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Andijon

Baholaganlar

466

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing