Android smartfonlarida mimika yordamida nazorat qilish imkoni paydo bo‘ladi
Texnologiya
−
22 avgust 2021 9201 1 daqiqa
Android 12 ning beta-versiyasi “Maxsus imkoniyatlar” ilovasida smartfonni yuz ifodalari yordamida kontaktsiz boshqarish funksiyasi topildi. Bu haqda “XDA Developers” portali xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, foydalanuvchi tabassum qilish, og‘zini ochish, o‘ngga va chapga qarash, qoshlarini ko‘tarish va boshqa imo-ishoralar orqali xabarlar panelini ochishi va smartfonda turli harakatlarni bajarishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, ishoralar ro‘yxati OS yangilanishi rasman chiqarilgandan keyin kengaytiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Android 12 joriy yilning kuzida bir qator zamonaviy smartfonlar foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 aprel kuni Android 12 Developer Preview 3 ning so‘nggi beta-versiyasida Extra Dim deb nomlangan xususiyat topilgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr