Infinix Hot 50: yorqin 120 Gs ekranli zamonaviy taklif
Biznes
−
23 Sentabr
3265Bugun Infinix o‘zining yangi Hot seriyasidagi smartfoni – Infinix Hot 50 modelini taqdim etdi.
Dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilardan biri Infinix Mobility Xalqaro texnologik kompaniyasi bozorga o‘zining yangi mahsuloti – Infinix Hot 50 smartfonini taqdim etdi. Mutlaqo yangi dizaynga ega Hot 50’ning old panelida 120 Gs chastotali yorqin, supersilliq ekran joylashgan. Qurilma eng so‘nggi va kuchli MediaTek Helio G100 protsessori, zamonaviy, ajoyib ingichka va yengil korpus hamda 50 MP asosiy kamerasi bilan maqtana oladi. Kamera aniq va juda yorqin suratlar olish imkoniyatini beradi. Yangi qurilma o‘rta narx segmentidagi universal gadjetni qidirayotganlar uchun flagman bo‘lib, barcha foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U yuqori samaradorlik va funksionallikni taklif etadi.
Infinix Hot 50: mavsumning ajoyib yangiligi
Infinix Hot 50 mobil bozordagi eng nafis va bir vaqtning o‘zida kuchli modellardan biri bo‘lishga da’vogar bo‘lib, atigi 7.7 mm qalinlikdagi ultra ingichka dizaynda ishlab chiqilgan va og‘irligi 187 grammni tashkil etadi. Modelning nafisligi zamonaviy uslubning o‘ziga xosligida bo‘lib, qo‘lda juda chiroyli ko‘rinadi va atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Bu yerda har bir detal o‘ta aniq va did bilan ishlangan. Shakl va o‘lchamlarining ergonomikasi tufayli qurilmadan foydalanish juda qulay.
120 Gs ekranli qulay taklif
Infinix HOT 50 6.78 dyuymli FHD+ Always-On ekraniga ega bo‘lib, 1080X2460 rezolyutsiyadagi tasvirni taqdim etadi. Qurilma 240 Gs diskretizatsiya chastotasi va 120 Gs yuqori yangilanish chastotasiga ega ekran bilan jihozlangan, bu esa OS navigatsiyasi va boshqaruvini maksimal darajada silliq qiladi. Displey, shuningdek, yuqori kontrastlik va 800 nit yorqinlik bilan ham maqtana oladi. Model katta, ramkasiz ekranga ega bo‘lib, bu old panelning 90.60% ini egallaydi. DTS, Hi-Res texnologiyalari va Widevine L1+ qo‘llab-quvvatlovchi audio tizimi ajoyib ovozni kafolatlaydi, bu esa ayniqsa o‘yin paytida juda ahamiyatli. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘yinlar vaqtida E-sports rejimda yangilanish chastotasi 1200 Gs ga yetadi, bu haqiqiy sho‘ng‘ish va ekrandagi silliq ko‘rinishni ta’minlaydi.
Yangi protsessor va keng imkoniyatlar
Yuqori sifatdagi katta hajmli video kontentni yozib olish va ishlov berish tizimning shu darajadagi samaradorligini va katta hajmli tezkor, doimiy xotirani talab qiladi. 2,2 GGs maksimal chastotadagi Cortex-A76’ning ikkita yadrosi yuqori samaradorlik talab qiladigan vazifalar uchun va 2,0 GGsgacha bo‘lgan chastotada Cortex-A55’ning oltita samarali yadrosi kundalik vazifalar uchun birlashtirilganligi sababli, MediaTek Helio G100 yangi protsessori ilovalar o‘rtasida tekis o‘tishni va resurs talab qiladigan dasturlar bilan ishlashda ishonchli faoliyatni kafolatlaydi. 8 GB tezkor xotira bilan birgalikda, uni 16 GBgacha kengaytirish va 256 GB asosiy xotira imkoni bilan smartfon har qanday vazifani osonlik bilan bajara oladi. Helio G100 protsessori TSMC’ning 6 nanometrli jarayoni bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori samaradorlik va kam energiya sarflashni kafolatlaydi.
Qurilma Android 14 va XOS 14.5 operatsion tizimi asosida ishlaydi.
Endi 4 yil xizmat qiladigan 5000 mA/soat akkumulyator bilan Infinix Hot 50 kundalik vazifalarni oson bajaradi hamda 18 Vtli FastCharge quvvati orqali energiyasini tezda tiklaydi.
Kamera xususiyatlari
Asosiy kamera blokida uchta ob’ektiv mavjud, ulardan asosiysi 50 megapikselli va keng diafragma diapazoniga ega (f/1.6) bo‘lib, suratlarning yuqori sifatini ta’minlaydi hamda yoritish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ham aniq va batafsil kadrlar oladi. 8 MP (f/2.0)li old kamera aniq selfilarni olishga va videoqo‘ng‘iroqlarni yuqori sifatda amalga oshirishga imkon beradi.
Kameraning ko‘plab parametrlari orasida maxsus «Osmon tanlash» rejimi mavjud bo‘lib, u orqali haqiqiy osmonni chiroyli shablonlar bilan almashtirish mumkin. “Super tun” rejimi yorug‘lik past bo‘lgan sharoitlarda ham aniq va ravshan suratlar olishga imkon beradi. “Portret” rejimi esa studiya yoritishini taqlid qilgan holda deyarli har qanday sharoitda boke effektiga ega suratlar olishga imkon beradi. Videosuratga olish rejimlari: standart, taymlaps, sekinlashtirilgan videosuratga olish, 2K30fps, 1080p60fps, 1080p30fps va 720p30fps rezolyutsiyali qisqa videolar. Infinix AI sun’iy intellekt texnologiyasi ham joriy etilgan bo‘lib, u iste’molchilarning ijodiy salohiyatini ochishga yordam beradi va yangi imkoniyatlar olamiga yo‘l ochadi.
Qo‘shimcha funksiyalar va imkoniyatlar
Qurilma ikkita Nano-SIM standartli SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi va zamonaviy aloqa standartlarini taklif etadi: GSM, EDGE, WCDMA, 4G (LTE). Telefonni tez va xavfsiz blokdan chiqarish uchun barmoq izi skanerlash texnologiyasi mavjud, kontaktsiz va qulay ma’lumot almashish uchun NFC texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanadi, qurilmada GPS moduli o‘rnatilgan, Wi-Fi va Bluetooth ham mavjud.
Qurilma 5 yillik TÜV Rheinland Group sifat sertifikatiga ega va IP54 darajasida himoyalangan.
Narx va xarid uchun
Infinix Hot 50 sotuvi sentyabr oyida boshlanadi va mamlakatdagi barcha ixtisoslashgan savdo tarmoqlarida Titanium Grey (Kulrang titan), Sage Green (Yashil daraxt), Sleek Black (Silliq qora) ranglarida mavjud bo‘ladi. Smartfon narxi komplektatsiyaga bog‘liq: Hot 50 8+128 taxminan 1,8 mln*, Hot 50 6+256 atrofida 1,9 mln*, Hot 508+256 esa taxminan 2,1 mln*.
Mahsulot haqida to‘liq ma’lumotni kompaniyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali olishingiz mumkin.
*Ko‘rsatilgan narxlar 2024 yil 23 sentyabr holatiga amal qiladi.LiveBarchasi