Rossiyada Google, Android va iOS bloklanishi mumkin

Olam

image

Rossiya hududida Google, Android va iOS bloklanishi ehtimoli bor. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Aleksey Didenko “Runews 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Tez orada Google, Android bloklanadi. iOS ham blokka kiradi. Biroq bu bizning tashabbusimiz bo‘lmaydi. Hukumat amaldorlari va byurokratlarga ushbu platformalardan, ayniqsa, maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan platformalardan foydalanish uzoq vaqtdan beri taqiqlangan”, deydi parlament deputati.

Bu harakatni Rossiya rasmiylari yoki muhokama qilinayotgan platformalarning o‘zlari boshlaganmi, hozircha noma’lum. Deputat buni jamoatchilik uchun fojia deb hisoblamaslikni ta’kidlab, Rossiyadan chiqib ketgan Netflix xorijiy xizmatini misol qilib keltirdi.

"Netflix chiqib ketganida, albatta, ba’zi odamlar o‘zlarining noroziliklarini bildirdi, ammo vaqt o‘tishi bilan hamma tinchlandi”, degan u.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkinligi xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Google Android iOS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing