Android smartfonlarda xavfli virus aniqlandi

Bu qiziq

image

Android dasturiy tizimida ishlaydigan smartfonlarda ekran mazmunini o‘qiy oladigan Sturnus nomli virus aniqlandi. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, virus nafaqat foydalanuvchi ekranidagi ma’lumotlarni yashirin ko‘ra oladi, balki ma’lumotlarni shifrlash tizimlarini ham chetlab o‘tadi. Masalan, Sturnus Telegram va Signal messenjerlaridagi xabarlarga ham kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Virus ekran orqali parollarni yig‘ishi, bank ilovalari ma’lumotlarini o‘rganishi, yozishmalarni o‘qishi va smartfondagidagi ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Mutaxassislarning aytishicha, virus o‘zini Google Chrome va boshqa mashhur ilovalar ko‘rinishida yashiradi. U internetdagi apk-fayllar orqali tarqatilmoqda.

Infeksiyalar asosan Markaziy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida qayd etilgan. Google rasmiy Play do‘konida zararli ilovalar topilmaganini ma’lum qilgan. Kompaniya vakillari, shuningdek, Google Play Protect xavfsizlik tizimi Sturus virusining ma’lum versiyalarini samarali bloklayotganini va Android foydalanuvchilarini qo‘shimcha himoya qilayotganini qayd etgan.

Bungacha Palo Alto Networks kompaniyasining Unit 42 tadqiqot bo‘limi ham Android uchun ilgari noma’lum bo‘lgan Landfall zararli dasturidan foydalanilgan yangi kiberjosuslik kampaniyasini aniqlagan. Hujum Samsung Galaxy smartfonlaridagi nol-kun (zero-day) zaifligidan foydalanib amalga oshirilgan bo‘lib, ilk bor 2024 yil iyul oyida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

virus smartfon Android

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing