Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan xavfli ilovalar nomi aytildi
Texnologiya
−
03 iyun 2020 12290 1 daqiqa
Google Play Store’ning Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan ikkita mobil ilovasi foydalanuvchilar uchun xavfli ekanligi aniqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularda "Yangi Joker zararli dasturi" topilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, josuslik moduli Speed Message-Beautiful and cute va Botmatic Messages ilovalarida mavjud. Ushbu dasturlar bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bo‘lib, matnli xabarlar almashish uchun foydalaniladi.
Joker josuslik dasturlari Google Play Store xavfsizlik choralarini chetlab o‘tishi bilan mashhur. Agar foydalanuvchi o‘z qurilmasida zararli kod bilan dasturni o‘rnatsa, tajovuzkorlar qurilmada turli operatsiyalarni bajarishga kirishadi. Xususan, ular xabarlarni to‘sib qo‘yishi, kontaktlarni o‘g‘irlashi, boshqa dasturlarni o‘rnatishi yoki pullik xizmatlarni avtomatik ravishda yoqib qo‘yishi mumkin.
Joriy yilning may oyida Bitdefender mutaxassislari Joker josuslik dasturi mavjudligini, u 2016 yildan beri ishlab kelishini ma’lum qilishgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025