Andijondan O‘shga mikroavtobuslar qatnayapti

Jamiyat

image

Kecha, 25 sentyabr kunidan boshlab, "Andijon-O‘sh" yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov, Transport vazirligining Yo‘lovchi va yuk avto tashuvlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abror Isayev, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrapov xamda Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalaridan faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Endilikda MN-26 sonli mazkur yo‘nalishda har kuni O‘zbekiston tomonidan 6 ta Qirg‘iziston tomonidan 6 ta, jami 12 ta yangi, "FOTON" kompaniyasining mikroavtobuslari yo‘lovchilar xizmatida bo‘ladi.

Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasining Xorgos va Petropavlovsk shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

mikroavtobus Andijon-O'sh

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing