Andijondan poytaxtga qarab yurgan poyezd yo‘lda to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
02 yanvar 2020
8282Bugun, 2 yanvar kuni Andijon-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga chiqqan poyezd oradan taxminan 10-15 daqiqa o‘tib, soat 16:20 larda to‘xtab qoldi. Bu haqda -QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Holat yuzasidan yo‘lovchilarga aniq tushuntirish berilmagan. Poyezd deyarli 1,5 soat bir joyda turganidan keyin soat 17:30 larda harakatlana boshlagan.
Poyezd to‘xtashiga elektr energiyasi uzilgani yoki elektrovoz buzilgani sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur holat yuzasidan rasmiy idoralar, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hozircha hech bir ma’lumot bermadi.
LiveBarchasi