Andijondagi YTHda Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi

3-sahifa 8834
image

Joriy yilning 19 aprel kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida Rossiya fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.

YTH soat 23:00 atrofida A373 avtomobil yo‘lining tumandagi Sho‘rqishloq hududidan o‘tuvchi qismida yuz bergan. Yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Nexia-2 haydovchisi yo‘lda uxlab qolgan va qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina bilan to‘qnashgan.

Oqibatda rossiyalik haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, ammo ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 332
Reyting: 3
Teglar
t
×