Andijondagi YTHda 1 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “GAI” xodimi jazosiz qoldimi? Izoh berildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar shaxs vafot etib, 1 nafari nogiron bo‘lib qolsada, hanuzgacha jazo tayinlanmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat bo‘yicha 2022 yilning dekabr oyida Asaka tuman prokuraturasi tomonidan viloyat IIB YHXB xodimi M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov natijasiga ko‘ra, jinoyat ishiga oid tegishli hujjatlar fuqaro M.E.ga nisbatan JKning ushbu moddasi bilan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudi muhokamasiga yuborilgan.

Sudda ayblanuvchi M.E. va uning himoyachilari tomonidan dalillarni nomaqbul deb topish to‘g‘risida iltimosnoma keltirilib, o‘tkazilgan dastlabki eshituv yakuniga ko‘ra, sudning ajrimi bilan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilgan.

O‘z navbatida ayblanuvchi M.E.ning apellyatsiya shikoyati asosida jinoyat ishi joriy yilning 3 mart kuni viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) sudlov hay’atida ko‘rilib, sudning ajrimi bekor qilingan va qayta ko‘rib chiqish uchun sudga qaytarilgan.

JIB Asaka tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra, ajrim asosida iltimosnoma qanoatlantirilib, protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun tuman prokuraturasiga qaytarilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Asaka tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon GAI xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing