Andijondagi yirik savdo majmuasida yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
25 may 2021 8098 1 daqiqa
Bugun, 25 may kuni Andijon shahar Cho‘lpon shox ko‘chasida joylashgan “O‘zbegim” savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 12:00 da xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, Andijon viloyati FVB yong‘in-qutqaruvchilari soat 12:02 da voqea joyiga yetib borib, soat 12:45 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tom va shift qismining 30 kv m maydoni zararlangan.
FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga viloyat FVB hamda tegishli tashkilotlar rahbariyati yetib borishgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025