Andijondagi tergov hibsxonasida bolali ayol kaltaklangani aytildi
3-sahifa
−
01 dekabr 2023
11119Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi 3-tergov hibsxonasida xodimlar mahbus ayolni 1 oylik chaqalog‘i bilan urib, tepib, turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, ushbu voqea joriy yilning 24 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Aytilishicha, hibsxona xodimlari mahbus ayol O.G‘.ni urib, tan jaroxati yetkazgan. Shuningdek, xodimlar ayolning bolasini olib qo‘yib, davlat ixtiyoriga berish bilan qo‘rqitishgan.
Ombudsman munosabatiga ko‘ra, mahbus O.G‘. bilan olib borilgan suhbat davomida u ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarni tasdiqlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga shikoyat yozgan.
O.G‘. farzandi olib qo‘yilgani va o‘zi tinchlantirish xonasiga joylashtirilganini tasdiqlamagan. Farzandi doim o‘zi bilan birga bo‘lgan va tinchlantirish xonasiga joylashtirilmagan.
Shuningdek, holatga aniqlik kiritish maqsadida O.G‘. bilan bir kamerada saqlanayotgan 3 nafar shaxs bilan ham suhbat o‘tkazilib, ulardan ham holat yuzasidan tushuntirish olingan.
Shu kuni voqea bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilib, uning natijasiga ko‘ra, O.G‘.ning badanida tan jarohatlari aniqlanmagan.
“To‘plangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi. Qayd etish lozimki, monitoring o‘tkazilgan kunda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi ekani aniqlandi”, deyiladi ombudsman munosabatida.
LiveBarchasi