Andijondagi stadionga Bobur nomi berildi

Sport

image

2020 yilgi futbol mavsumida katta mashaqqatlar evaziga Superligadagi o‘rnini saqlab qolgan “Andijon” klubining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Sog‘lom avlod” o‘yingohining nomi o‘zgardi.

Endilikda stadion “Bobur Arena” deb nomlandi.

Klub yangi mavsum oldidan o‘z logotipini yangiladi. Yangi logotipni yaratishda ko‘k, qizil va oq ranglardan foydalanilgan. “A” harfi ko‘rinishidagi logotipda Zahiriddin Muhammad Bobur haykali va burgut (jamoa laqabi) tasvirlangan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida Andijon shahridagi markaziy stadion nomini “Bobur Arena” deb nomlash taklifi ilgari surilgan edi.

Ma’lumot uchun, dunyodagi ko‘plab stadionlar tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Bunga Monakodagi Lui II stadioni, Istanbuldagi turk xalqining milliy qahramoni Mustafo Kamol Otaturk nomi berilgan Olimpiya stadioni yoki Grozniydagi Axmat Qodirov sharafiga qayta nomlangan “Axmat Arena”larni misol keltirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

futbol stadion

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing