Andijondagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi shifoxonada sodir bo‘lgan portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Shahrixon tumanidagi xususiy diagnostika va davolash maskanida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hodisa oqibatida 1 nafar kishi vafot etgan, 11 nafar kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 fevral kuni soat 11:30 da Andijon  viloyati Shahrixon tumani “Qoraqo‘rpa” MFY Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli “Ziteriya” MCHJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida portlash bo‘ldi.

Hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing