Andijondagi ko‘p qavatli uy yonib ketdi
3-sahifa
−
21 noyabr 2022
7687Kecha, 20 noyabr kuni soat 21:09 da Andijon viloyati Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgaan joyga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 21:18 da yetib borib, yong‘in soat 21:40 da qurshab olingan va soat 22:25 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning taxminan 400 kv metr maydonda tom qismi yonib, zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Andijon viloyati hokimiga yong‘in to‘liq o‘chirilgani haqida axborot berilgan. Viloyat rahbari vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov topshirig‘iga binoan holat bo‘yicha qurilish shtabi tashkil etilgan. U 21 noyabrdan Andijon shahridagi 3-kichik dahaning yong‘in sodir bo‘lgan mazkur ko‘p qavatli uylarida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishini, bir haftada aholi o‘z xonadonlariga kirishini va’da qilgan.
Tunda yong‘in asoratlarini bartaraf etish, chiqindilarni olib chiqib tashlash ishlari boshlangan. Tonggi soat 07:00 dan ta’mirlash ishlariga start berilgan.
LiveBarchasi