Andijondagi daryoda 2 nafar bola cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
02 avgust 2023 7418 1 daqiqa
Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan Qoradaryoda 2 ta bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Baliqchi tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 24 iyul kuni Norin tumani “Changitma” mahallasidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda yuz bergan. Tumanning “Xo‘jaqo‘rg‘oncha” va “Changitma” mahallalarida yashovchi 2009 va 2011 yillarda tug‘ilgan N.A. va I.E. daryoga cho‘milgani borib cho‘kib ketgan. Joriy yilning 27-28 iyul kunlari ikki nafar bola Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi g‘avvoslari tomonidan topilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni aynan shu daryodan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi topilgan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust