Andijonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2022
5233Bugun, 15 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:24 da O‘zbekiston Respublikasi hududida (15.09.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 11:24 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila epitsentri Andijon viloyati, Izboskan tumani hududida 15 km chuqurlikda bo‘lgan. Silkinish koordinatalari: 40,92 gradus shimoliy kenglik; 72,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,4 ballga teng.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi Andijon viloyatida sezilgan.
LiveBarchasi