Andijonda jome masjidi yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatining Marhamat tumanida jome masjidi butkul yonib ketdi. Masjid yonayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi rasmiy ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, Marhamat tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 20-Yong‘in qutqaruv qismiga kecha, 19 oktyabr kuni soat 13:59 da tumanning “Gar-gar” MFY Malham ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Obidjon Botirov” jome masjidida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Marhamat tumani FVB 20-YOQQning 1-2-jangovar bo‘linmasi soat 14:06 da voqea joyiga yetib borgan. Biroq Masjiddagi yong‘inning maydonidan kelib chiqqan holda Asaka tumani FVB va Buloqboshi tuman FVBdan qo‘shimcha yordam chaqirilgan. 

Yong‘in soat 14:09 da o‘rab olinib, soat 14:35 da butunlay bartaraf etilgan. Yong‘inga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etildi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in masjid

Baholaganlar

856

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing