Andijonda “zalog”ga olingani aytilgan go‘dak 5 oy o‘tib ekspertizaga yuborildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida qo‘shmachi ayol yosh go‘daklarni “zalog”ga olib, qo‘lidagi “qiz”larni ishlatayotgani aytilgan video tarqaldi. Unda ayol yosh bolani urib, so‘kkani va qo‘rqitganini ko‘rish mumkin. QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritishga urindi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonovaning bizga ma’lum qilishicha, videodagi holat bundan 5 oy avval sodir bo‘lgan.

Tasvirlarda ko‘rinish bergan ayol tanishining uyida uning 3 yashar bolasiga moddiy manfaatdorlik uchun qarab turgan, ya’ni enagalik qilgan.

Rahmonovaning aytishicha, bolaning “zalog”da bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bola ichki ishlar organlari xodimi va guvohlar ishtirokida onasiga topshirilgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, katta shov-shuvlarni keltirib chiqargach, voqea sodir bo‘lganidan besh oy o‘tib (!) kecha, 29 noyabr kuni bolaga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruv natijasida unga biron bir jarohat yetkazilmagani aniqlangan. 

QALAMPIR.UZ’ning fikricha, har qanday jarohat yetgan taqdirda ham undan besh oy ichida hech qanday iz qolmaydi. Shunday ekan, bolani ekspertizaga sudrab, ovora qilish shartmidi?! 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 14 yoshli qizni yetti oy davomida jinsiy qullikda saqlagan ayol qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing