Andijonda yo‘lni to‘sib qo‘ygan ayollar qamaldi
3-sahifa
−
02 avgust 2021
14940Joriy yil, 31 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda hokim qabuliga kiritilmagan ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi” sarlavhasi ostida videotasvirlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan aniqlanishicha, bir guruh fuqarolar shaharning Navoiy shohko‘chasida joylashgan viloyat hokimligiga qabul kuni, deb kelishgan. Mutasaddilar yig‘ilgan fuqarolarga qabul jarayoniga o‘zgartirish kiritilgani va bu haqda 29 iyul kuni rasmiy sahifada e’lon qilinganini aytgan. Ammo ular bundan bexabar bo‘lgan va mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda tushunchalar berilishiga qaramasdan, ayollar namoyishlar o‘tkazgan.
Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlar olib borilib, to‘plangan hujjatlar shahar sudiga yuborildi. Ochiq sudda 17 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 201-moddasi (Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, javobgarlikka tortildi.
Xususan, 11 nafar fuqaroga nisbatan 8 sutkadan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi, 6 nafariga nisbatan 1 million 715 ming so‘mdan jarima jazosi belgilandi.