Andijonda yigitni shaxsiy rasmlari bilan shantaj qilganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijonda shaxsiy foto va videolarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan uch nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida kompyuter o‘yingohlaridan birida uch nafar shaxs oldindan til biriktirib, 2008 yilda tug‘ilgan yigitdan pul undirishni rejalashtirgan. Ular yigitning tanish qiz bilan munosabatda ekanini bilib, uning mobil telefonini tortib olgan.

Shundan so‘ng ular telefon xotirasidagi shaxsiy foto va videolarni o‘z qurilmalariga ko‘chirib, ushbu materiallarni internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish hamda yigitni yaqinlari oldida sharmanda qilish bilan tahdid qilgan. Buning evaziga esa 10 million so‘m talab qilishgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida gumonlanuvchilar talab qilingan pulni olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida fuqaroni kaltaklab, uning shaxsiy hayotiga oid tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan 5 nafar yigit qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing