Andijonda o‘quvchilar yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabida yosh bolalar egnida yupun kiyim bilan qahraton sovuqda bayroq ko‘tarib turgani aks etgan surat tarqaldi. Mazkur surat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy va haqli norozilikka sabab bo‘ldi. 

Suratda qor qoplagan maktab hovlisida kurtka va bosh kiyimsiz o‘quvchilar qo‘lida bayroq ko‘tarib turganini ko‘rish mumkin. Bolalar tashkil qilgan yo‘lakdan egnida kurtka, palto kiyib, boshiga telpak bostirib olgan mahalliy rahbarlar o‘tib boryapti.

Bloger Nozim Safarovning yozishicha, bolalar tashqarida sovuqligiga qaramay tashviqot tadbiri doirasida ko‘chaga olib chiqilgan.

“Ko‘cha juda sovuq. Endi tasavvur qiling shu izg‘irinda kurtkasiz, yosh bolaga qanchalik sovuq. Shu targ‘ibotingizni issiqroq kunlarga qoldirsangiz bo‘lardi. Odamni qadri bo‘lmasa ham bolalarni qadrlaylik”, deya izoh qoldirgan bloger.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borish uchun ishchi guruh tuzilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

801

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing