Andijonda tunda ishga jalb qilingan obodonlashtirish xodimi vafot etdi
3-sahifa
−
26 aprel 2023 11600 1 daqiqa
Andijon viloyati Marhamat tumanida tunda ishga jalb qilingan obodonlashtirish xodimi yo‘l-transport hodisasiga uchrab vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufni tug‘ilgan kuni munosabati bilan kecha soat 21:00 dan keyin Marhamat tumani hokimi topshirig‘iga asosan obodonlashtirish xodimlari majburan ishga chaqirilgan.
Manbaga ko‘ra, Muhammad Yusuf qabristoniga kelayotgan Arofatxon va Enaxon ismli xodimlar yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Oqibatda Arofatxon ismli ayol voqea joyida vafot etgan.
Ushbu hodisani Marhamat tumani hokimligi matbuot xizmati tasdiqlagan.
Hokimlikka ko‘ra, kecha, 25 aprel kuni soat 22:30 larda fuqaro J.T. Matiz mashinasida boshqaruvni yo‘qotib, fuqarolar – A.J. va E.B.larni urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan.
“Dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini, tergov yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga jazo muqarrarligi ta’minlanishini hamda qo‘shimcha batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Live
Barchasi