Andijonda sobiq hokim yordamchisi qariyb 120 mln so‘mni “tuya qildi”

3-sahifa

image

Andijon viloyatida imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hokim yordamchisi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Izboskan tumani hokimining sobiq yordamchisi J.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, soxta hujjatlar orqali 5 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 119,5 mln so‘m imtiyozli kredit ajratgan. Ular ushbu mablag‘larni J.T.ning rahbarligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘tkazish orqali o‘zlashtirib olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Urganchda mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari va yana bir necha shaxslar 10 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini talon-toroj qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon kredit sobiq hokim yordamchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing