Andijonda shifokorlarga tajovuz qilinganligi yuzasidan bayonot berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 fevral kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida shifokorga  tajovuz qilingani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan bugun, 11 mart kuni Sog‘liqni saqlash va’zirligi matbuot xizmati bayonot berdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, 2020 yil 29 fevral kuni fuqaro M.X. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali travmatologiya qabulxonasiga kelib, shifoxonaga yotqizilgan opasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi vaji bilan xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, bemorga yetarli darajada tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga to‘sqinlik qilgan.

"X.M. shifoxona hamshirasidan opasiga tan jarohatlari yetkazilganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaslikni talab qilib, ularni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan hamda shifokorlarning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan 10.03.2020 yilda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro X.M. protsessual tartibida ushlangan. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilyapti" deyiladi bayonotda.

So‘nggi yillarda Respublikada shifokorlarga bo‘lgan tajovuzlar soni ortganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Ba’zida bu holatlarda shifokorlarga jiddiy tan jarohati yetkazishi kuzatilmoqda. Xatto shunday mojarolarning biri shifokorning ko‘rish qobiliyatini yoqotishi bilan tugaganligi achinarli hol.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Shifokorlarga tajovuz Sog'liqni saqlash va'zirligi

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing