Andijonda sevgilisi uchun o‘zini kanalga otgan yigit cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan sevgan qizini qutqarib olaman deb cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa Marhamat tumanidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanalida sodir bo‘lgan. Marhamat tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan N.A. shu tumanda yashovchi, o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan X.G.ni kanalga tushib ketganini ko‘rib, qutqarish maqsadida suvga tushgan. Shu payt X.G.ni atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Ammo yigit oqib ketgan.

Oradan uch kun o‘tib, yigitning jasadi kanalning "Polvontosh" MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon kanal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing