Andijonda poyezd Damas'ni urib ketdi

3-sahifa

image

Andijondaa poyezd 34 yashar yigit boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomobilini urib yubordi. Oqibatda avtomobilga jiddiy shikast yigit, haydovchi tirik va jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Andijon IIB xabar berdi. 

Holat bugan, 17 dekabr kuni soat 13:50 larda Andijon viloyati Izboskan tumani hududidan o‘tgan "Poytug‘" temir yo‘l oralig‘i 169 km 10 piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida qayd etilgan. Unda UZLR 0307-sonli elektrovoz hamda Damas rusumli 60 U 293 GA davlat raqam belgili avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

1988 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida tuman tushganligi sababli harakatlanib kelayotgan elektrovozni ko‘rmay qolishi oqibatida uning yo‘liga chiqib ketgan. 

Xodisa oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing