Andijonda mast haydovchi YPX xodimiga tan jarohati yetkazdi
3-sahifa
−
03 yanvar
6183Andijonda avtomashinani mast holatda boshqargan shaxs yo‘l transport hodisasini sodir etganligi oqibatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimi hamda boshqa haydovchi tan jarohatlari olishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimi bir guruh fuqarolar qurshovida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan shaxs tomonidan kaltaklangandi.
LiveBarchasi