Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltaklab, pul talab qildi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 9 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi bir nechta maktab o‘quvchisining maktabdoshini kaltaklayotgani va undan pul talab qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat haqiqatdan ham Asaka tumanidagi 34-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida yuz bergan. 

Videoda yigit bolani urarkan, bir necha marotaba uni qidirgani, nima sabab javob bermaganini so‘ragan va haqoratlab, do‘pposlab ketganini ko‘rish mumkin. Qolaversa, yigit unga 300 ming so‘m pulni 1 million so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.

Ta’kidlanishicha, vaziyat nazoratga olingan. Boshqarma holat o‘rganilayotganini, o‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.

Boshqarma yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlarining har qanday ko‘rinishini qattiq qoralashini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qizlar sinfdoshini kaltaklab, uni haqoratlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon viloyati Asaka tumani maktab o'quvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing